Gidrouzel
Gidrouzel — bir necha vazifani bajaruvchi gidroinshootlar majmui. Energetika, transport, suv olish maqsadlarida foydalaniladigan xillari bo`ladi. Gidrouzel tarkibiga to`g`on, elektr stansiya binosi, kemalar qatnaydigan shlyuz, suv olish, baliq o`tkazish inshootlari va boshqalar kiradi.