Gienko Boris Fyodorovich

Gienko Boris Fyodorovich (1917.8.8, Vladikavkaz — 2000.18.9, Toshkent) — kompozitor, pedagog. O’zbekiston xalq artist (1988), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1967). Tosh- kent konservatoriyasini tugatgan (1941). O’zbek davlat filarmoniyasi xalq cholg’u asboblari orkestrida dirijyor (1945 — 49), 1948 y.dan Toshkent konservato- riyasida pedagog, kompozisiya kafedrasi mudiri (1972-80), prof. (1980 y.dan). 7 ta musiqali drama, «Oynisa» baleti (D. Zokirov b-n, 1956), spektakl va kino- filmlarga musika, 8 ta simfoniya, 5 ta kontsert, ovoz va simfonik orkestr uchun kontsert, 9 ta torli kvartet, fortepiano uchun «24 prelyudiya», «12 ruboiy» va b. pesalar, fortepiano va simfonik or-kestr uchun «masxarabozlar» asari, ro- Mans va qo’shiqlar muallifi. O’zbek xalq cholg’ulari va orkestri uchun yozgan asar- lari (mas, «guldasta» syuitasi)da O’rta Osiyo, Ozarbayjon, ukrain va b. xalqlar musiqa folkloridan foydalangan. Bir qator etuk o’zbek kompozitorlari (R. AB- dullaev, M. Bafoev, U. Musaev, Sayfi Jalil va b.) G. sinfida tahsil olish- gan. «Shuhrat» medali b-n takdirlangan (1996).