GIGAFLOP

GIGAFLOP — superkompyuter (tezkor kompyuter)ning ish tezligini belgilovchi ko’rsatkich. 1 g.= 109 Aial/s, ya’ni superkompyuter 1 sek.da 1 mlrd. arifmetik va mantiqiy amallarni baja- radi. Yaqin kelajakda bu ko’rsatkich bir necha teraflop (Tflop) ga teng bo’ladi. 1 Tflop = 1012amal/s, ya’ni kompyuter 1 sek.da bir necha trillion amal bajari- shi mumkin. Ish unumdorligi 1 teraflop bo’lgan superkompyuter, taxm. 10 mln. shaxsiy kompyuter ishini bajaradi (q. Kompyuter).