Gigiena

Gigiena (Yun. hygieinos — sog’lom) — tibbiyotning bir sohasi; kishilar sog’lig’iga turmush va mehnat sharoitla- ri ta’sirini o’rganadi hamda kasalli- klarning oddini olish, yashash uchun eng qulay sharoit yaratish, sog’liqni saqlash va umrni uzaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi. G.ning bir necha sohalari bor. Aviasion G., harbiy g., mehnat g. si, bolalar va o’smirlar g.si (maktab g.si), shaxsiy g., ijtimoiy g., ovqatlanish G.si, radiasion g. va h.k. G. fiziolo- giya, patofiziologiya, epidemiologiya, toksikologiya, fizika, kimyo, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy fanlar b-n cham- barchas bog’langan, chun-ki tabiiy omil- lar b-n birga jamiyatning iktisodiy ahvoli ham kishi sog’lig’iga ta’sir etadi. Ehtiyot va kundalik sanitariya nazorati asoslarini ilmiy asosda ishlab chiqish, kishilarning yashash va ishlash sharoiti hamda dam olishini sog’lomlashtirish bo’yicha sanitariya tadbirlarini asoslab berish, bolalar va o’smirlar sog’lig’ini saqpash, sanitariya qonun-qoidalarini ishlab chiqish, oziq-ovqat mahsulotlari va uy-ro’zg’or buyumlari sifatini sa- nitariya ekspertizasidan o’tkazishda qatnashish g.ning vazifasidir. Sog’liqni saqlash va kasalliklarning oldini olish, unumli ish qobiliyatini ta’minlash va umrni uzaytirish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida turar joylar va i. ch. korxonalari havosi, suv, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-ke- chak va poyabzallarning gigienik nor- mativlarini ishlab chiqish zamonaviy G.ning eng muhim vazifalaridan biri- dir. G.ning amaliy tomonini maxsus bo’lim — sanitariya tashkil etadi. Gigi- enik tadqiqrtlarda tashqi muhit (havo, suv, tuproq), oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari, kiyim-kechak va poyabzallarni fizik-kimyoviy jihatdan o’rganish usullari, sanitariya statisti- kasidan foydalangan holda bakterio- logik, biokimyoviy, klinik va demogra- FIK tekshirish usullari qo’llaniladi. G. eng qad. fanlardan. Kdd. Hindiston qonunlari majmuasida kiyim-kechakni almashtirish, teri va tishni parvarish qilish, o’simliklardan tayyorlangan ovqatlar eyish zarur deb ko’rsatilar, ovqatga ruju qilish taqiqlanar edi. Misrda aholi yashaydigan joylarni sog’lomlashtirish uchun sanitariya tad- birlari amalga oshirilgan. Qad. Xo- razm atrofidagi yirik obod shaharlarda hammomlar, toza suv olinadigan insho- otlar bo’lgan. Qad. yunonlar shaxsiy g.ga qat’iy amal qilishgan. Gippokrat havo, iqlim va suvni odam sog’lig’iga ta’sir etadigan muhim omillar deb atagan. Abu Ali ibn Sinoning gigienaga doir fikrlari, sog’liqni saqdash qoidalari ko’p asrlar mobaynida amaliy qo’llanma bo’lib keldi; u havo va suv orqali tarqalib, kasallikka sabab bo’ladigan qandaydir jonivorlar bor, deb faraz qilgan, suvni qaynatish yoki filtrlash kerak, degan talab esa ana shu farazga asoslangan. G. fani oldiga qo’yilgan va- Zifa va talablarning ortishi, gigienik tekshirish usullarining murakkablashi- shi g. sohalarining mustaqil fan si- fatida ajralib chiqishiga olib keldi. Ilmiy G. 19-a.ning 2-yarmidan rivojla- na boshladi. Dastlab maktab g.si (hoz. bolalar va o’smirlar g.si), kom-munal G., ovqatlanish g.si va ijtimoiy g. may- donga keddi. Ionlashtiruvchi nurlar (radiasiya)dan ishlab chiqarish, q.h. va tibbiyotda keng foydalanish xizmatchi- larni radiasiyadan saqlash va aholini nurlanish xavfidan muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqish muammo — sini vujudga keltirdi. Bu masalalar b-n radiasion gigiena shug’ullanadi. O’zbekistonda gigiena fanining rivo- Ji S N. Bobojonov, A. 3. Zoxdsov, G’. M. Mahkamov, Q. S. Zoirov, R. U. Ubay- dullaev, G’. N. Nazirov, N. L. Romanchen- ko kabi olimlar nomi b-n bog’liq. Hoz. kommunal gigiena sohasida T. I. Iskan- darov, Sh. T. Otaboev, M. T. Tohirov, N. S. Tojiboeva, I. I. Ilinskiy, A. H. Komiljonov, I. A. Usmonovlar; mehnat gigienasi sohasida N. M. Demidenko, O. I. Ishoqov, O. R. Azizxo’jaev; umu- miy gigiena bo’yicha L. A. Panomareva, Sh. T. Iskandarova; oziq-ovqat gigie- nasi sohasida N. Q. Boboxo’jaev, B. A. Do’schonov, Sh. S Bahriddinov, A. S Xu- doyberdiev; bolalar va o’smirlar gi- gienasi bo’yicha S. S. Solixo’jaev, M. N. Ismoilov, G. T. Shayxova, R. X. Xol- Metov; zaharli kimyoviy moddalar gi- gienasi va toksikologiyasi bo’yicha g. T. Iskandarova, A. U. Sodiqovlar; ijti- moiy gigiena sohasida D. A. Asadov, N. M. Mahmudova, A. S. Bobojonov, T. U. Oripova, Sh. Sh. Shovahobov, U. Kari- mov, B. M. Mamatqulov va b. i.t. ishlari olib boradi. O’zbekistonda Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari i.t. in- tida, tibbiyot in-tlari hamda Toshkent Vrachlar malakasini oshirish in-tining G. kafedralarida g.ning turli sohalari bo’yicha tadqiqot ishlari olib boriladi. Ad.: Mahmudova N. M., Ijtimo- iy gigienadan qo’llanma, T., 1993; Otaboev Sh. T., Iskanderov T. I., Kommunal gigiena, T., 1993. To’lqin Iskandarov.