Gigrometr

Gigrometr — havo namligini o’lchash uchun ishlatiladigan asbob. As- bobga asos qilib olingan usulga bog’liq holda g. quyidagi xillarga bo’linadi: absorbtsion, tarozili yoki mutlaq soch to- lali, tasmali, diffuzionmanometrli, kondensasion, elektrolitik, spectral G.lar va psixrometr. Mas, tarozili g. yordamida mutlaq namlik (g/m3) gigrosko- pik moddaning nam havodan suv bug’ini singdirishiga asosan aniqlanadi. Mete- orologik amaliyotda soch tolali, tasmali G.lar va psixrometr ko’proq ishlatiladi. Soch tolali g.da yog’sizlantirilgan soch tolasi havo namligining o’zgarishi nati- jasida uzayadi yoki qisqaradi. Uning shka- lasi 0 dan 100 gacha bo’laklarga bo’lingan. Havoning namligi ortsa, g.dagi soch to- lasi uzayadi, asbob mili o’ngga buriladi, havoda suv bug’i kamayganda soch tolasi qisqarib, mil chapga buriladi, shkala ko’rsatkichiga qarab namlik aniqlanadi.