GILZOYI HOKIMLIGI
GILZOYI HOKIMLIGI — afg’onlarning Safaviylar hukmronligiga qarshi ko’targan qo’zg’oloni natijasi- da Qandahor viloyati (Afg’oniston)da 1709 y. tashkil topgan hokimlik. G. h. ning asosiy harbiy tayanchini gilzoyi qabilasining g’arbiy tarmog’i tashkil qilgan. Qo’zg’olon rahbari Mir Vays Xotakiy G. h.ning dastlabki hokimi (1709-15) bo’lgan. Uning vafotidan so’ng gilzoyilarning bir qismi Eron- ning bir qancha viloyatlariga hujumlar uyushtirib, 1722 y. Mahmud Xotakiy boshchiligida Safaviylar poytaxti — Isfahonni bosib olgan va Maxmud o’zini shoh deb e’lon qilgan. Qandahorda esa shoh unvonini olgan Mir Vaysning kenja o’g’li Husayn hokim (1721-38) edi. Uning hukmronligi davrida g.h. bir muncha xo’jalik va madaniy yuksalishga erishgan. 1738 y. uzoq muddatli qattiq qarshilikdan so’ng Qandahor Eron shohi Nodir Afshar (q. Nodirshoh) tomonidan egallangan va g.h. barham topgan.