GIMENOMISETLAR

GIMENOMISETLAR (Hymenomycetales) — bazidiyali zamburug’lar bir necha tartiblarining umumiy nomi. Spora hosil qiladigan qavati ko’pincha zamburug’ meva va tanasining sirtida ochiq joylashgan. Gimenomisetlarning 16000 ga yaqin turi mavjud. Ularning ko’pchiligi yeyiladigan zamburug’lar, ayrim turlari zaharli. Ko’pchilik Gimenomisetlar saprofit, ba’zilari, masalan, po’kak zamburug’lari parazit hayot kechiradi.