Gingivit

Gingivit (lot. gingiva — milk, itis — yalliglanish) — milk shilliq qavatining yallig’lanishi. Me’da-ichak, nafas a’zolari, yurak-tomir, nerv si- stemasi, periodontit, paradontoz, qon kasalliklari, infektsion kasalliklar, avitaminozlar, og’ir metallar (si- mob, qo’rg’oshin va b.)ning tuzlaridan zaharlanish,. tish toshi g.ga sabab bo’ladi. Ba’zan antibiotshlar yoki boshqa dorilar qabul qilinganda ham g. yuzaga keladi. Hayz tsikli buzilganda, homiladorlik va balog’atga etish davrida ko’p uchraydi. Chirigan tish qirrasi, noto’g’ri qo’yilgan tish yoki yasama tish, shuningdek, dag’al tish cho’tkasining milkni chaqalashi, ki- myoviy moddalar va issiqdan kuyish ham G.ga sabab bo’lishi mumkin. G.da milk qizarib shishadi, bezillab turadi va salga qonaydi (kataral g.), milk cheti kulrang karash b-n qoplanadi, ostidan yara chiqadi, og’izdan sassiq hid kela- Di. So’lak oqadi, t-ra ko’tariladi, jag’ ostidagi limfa bezlari kattalasha- Di (yarali g.); milk o’sib, butun tishni qoplaydi, og’riq sezilmaydi (gipertro- FIK g.) yoki aksincha tish ildizi ochilib qoladi (atrofik g.). G. ga xos dastlabki alomatlar paydo bo’lganda darhol vrachga ko’rinish zarur. Oldini olish uchun og’iz bo’shlig’ini toza tutish, bot-bot stomato- log vrachga murojaat qilib, tish toshini oldirish va chirigan tishlarni davo- latib turish lozim (yana q. Stomatit). Saidqosim Arifov.