GINNESNING REKORDLAR KITOBI
GINNESNING REKORDLAR KITOBI — tabiat va insoniyat olamidagi olamshumul ulkan yutuqlar, noyob hodisalar va g’aroyib voqealar haqidagi xabarlardan iborat bo’lgan ma’lumotnoma nashr. 1955 yildan beri ingliz nashriyoti «Ginnes Pablishing Limited» (Guinntss Publishing) tomonidan har yili (1957, 1959 yildan tashqari) nashr etib kelinadi. 1990 yilgacha 37 tilda (shu jumladan, rus tilida ham) 264 marta, (umumiy adadi 65 million nusxadan ziyod) nashr etilgan.