Giperemiya

Giperemiya (giper… va Yun. Haima — qon), qizarish — gavdaning ma’lum qismidagi arteriya yoki vena tomirla- rining qonga to’lishi. Tomir kengayti- radigan nervlarning ta’sirlanishi va tomir toraytiradigan nervlar faoliya- tining susayishi natijasida nerv si- stemasi funktsiyasining buzilishi Arte- rial g.ga olib keladi. Bunda zararlangan joyga ko’p qon oqib kelganligi uchun u qizaradi, shu joyda harorat ko’tariladi, hajmi kattalashadi. Kishi uyalganida yoki g’azablanganida ham shunday qolat kuzati- ladi. Yurak faoliyati buzilishi, venalar tiqilib qolishi, tomirlar innervasiya- en buzilishi natijasida paydo bo’lgan venoz g.da zararlangan joy ko’karib ke- tadi (tsianoz), gohida shishadi. Ba’zan davolash maqsadida kompress, grelka va b. qo’yilganda ham g. ro’y berishi mumkin.