GIPERINFLYATSIYA
GIPERINFLYATSIYA — haddan tashqari inflyatsiya, narxning shiddat bilan o’sishi, pul qadrining g’oyat tez pasayishi. Inflyatsiyaning oylik darajasi 50% dan ortishi vabuholat 6 oydan ortiq davom etishi uning giperinflyatsiya darajasiga o’tganligini anglatadi. Giperinflyatsiya sharoitida narx-navoni mutlaqo tartibga solib bo’lmaydi. Giperinflyatsiya narxlar oyiga 1,5 barobar oshganda vujudga keladi. Bu hol, o’z navbatida, moliyaviy tizimdagi beqarorlikka, pul muomalasining izdan chiqishiga, qaror topgan iqtisodiy munosabatlarning buzilishiga, jamiyatda tanglik o’sib borishiga olib keladi.