Giperparatireoz

Giperparatireoz [gi- Per… va lot. (glandula) parathyreoidea — qalqonsimon bez oldi bezi] — qalqonsimon bez oldi bezi adenomask yoki giperplaziyasi oqibatida kelib chiqadigan endokrin kasallik. Bunda qalqonsimon bez oldi bezi gormoni (Pa- ratgormon)ning ko’p ishlab chiqarilishi kaltsiy va fosfor almashinuvining keskin buzilishiga sabab bo’ladi. Nati- jada fosfor va kaltsiy birikmalari suyaklardan yuvilib, suyaklar yumshashi, qiyshayishi va sinishi, muskullar za- iflashishi, umurtqalar osteoporozi, nefrokaltsinoz, qon plazmasi va siy- dikda kaltsiy ko’payib ketishi, ruhiy o’zgarishlar ro’y beradi. G.ning ayrim shaklida kaltsiy ichki a’zolarda, xusu- san buyrakda yig’iladi (buyrak shakli), bunda buyrak va siydik yo’llarida tosh paydo bo’ladi. Ko’proq ayollarda kuzati- ladi. Davo asosan o’smani olib tashlash, suyak shaklida — ortopedik usullar, buyrak-tosh kasalligida jarrohlik usu- li qo’llaniladi.