GIPERSTEN
GIPERSTEN (giper… va Yun. Stenos — kuch, qattiqlik) — jins hosil qiluvchi mineral. Piroksenlar guruhiga mansub. Kimyoviy formulasi (Mg, Fe2+),[Si2O6]. Rombik singoniyali. Prizmatik Kristal- lar va mayda donachalar holida uchraydi. Rangi to’q yashil, qo’ng’irdan qoragacha. Yaltiroqligi shishasimon. Qattiqligi 5-6. Zichligi —3300-3500 kg/m3. O’ta asosli magmatik jinslarda uchraydi. RF (Slyudyanka), Ukraina (Golovin), ba- variya (Bodenmays), Kanada, Eron, in- doneziyada va b. mamlakatlarda topil- gan. O’zbekistonda Chatqol (Shovozsoy), Qurama (Oqtepa, qo’rg’oshin) va Tomdi- tovda bor.