Gipertovush
Gipertovush — chastota yu si 10′- 1013 Gts gacha bo’lgan elastik to’lqinlar spektrining yuqori chastotali qismi. G. bo’ylama to’lqin bo’lib, fizik tabiatiga ko’ra ultratovush (yu=2-104-109 Gts)dan farq qilmaydi, lekin g. chastotasi nis- batan katta bo’lgani uchun u muhitdagi zarra va kvazizarralar b-n nisbatan kuch- li ta’sirlashadi. G.ni ko’pincha kvazizar- ralar — fononlar oqimi deb qaraladi. G.ning chastota sohasi elektromagnit to’lqinlarning desimetr, santimetr va millimetr oralig’iga, ya’ni o’ta yuqori chastotasi (O’YuCh)ga to’g’ri keladi. Shu sa- babli uning to’lqin uzunligi qisqa (<\07 m) bo’lganligi uchun havoda (uncha katta bulmagan bosimdagi gazda) tarqalmaydi, suyuqliklarda esa yutilish kuchli bo’lgani uchun tarqalish masofasi kichik. Qattiq jismlarda, nuqsonsiz kristallar — monokristallarda, past t-ralarda g. nis- batan yaxshi tarqaladi. Mac, kvars mono- kristallining uqi bo’ylab xona t-rasida G. tarqalganda uning tebranish amplitu- dasi 1 sm masofada 2 martaga kamayadi. G.— jism yoki modda atom (ion) yoki mole- kulalarining tebranma harakati tufay- li, ya’ni tabiiy issiqlik harakati va sun’iy uyg’otilgandagi harakati tufayli vujudga kelishi mumkin. Chastotasi ІO9— 1013 Gts bo’lgan va issiqlik harakati tufayli vujudga kelgan to’lqinlar issiqlik g.i yoki issiqlik fononlari deb ataladi. Bu to’lqinlar, ya’ni g. optic bir jinsli muhitlarda yorug’likning so- chilishiga va uning chastotasi o’zgarishiga (Mendelshtam — Brillyuen-sochili- shi), qattiq jismlarda esa 1012-1013 Gts chastotali g. rentgen nurlarining diffuznoy sochilitshiga olib keladi. G.ning suyuqliklarda tarqalish tezligi uning chastotasiga bog’liqligi, (g. dis- persiyasi), qator suyuqliklarda yutilish koeffisientining nisbatan kichikligi (anomal holat) aniqlangan. G.ni hosil qilish uchun ko’pincha plastina shaklidagi rezonans pezoelektrik o’zgartirgichlar ishlatiladi. G.ning to’lqin uzunligi qisqa bo’lgani uchun plastina kalinligi juda kichik bo’lishi kerak, buning uchun pezoelektrik modda (mas, CdS, ZnS, ZnO va b.) plyonkalari tovush o’tkazgichlarga vakuumda purkalib hosil qilinadi. Shu jumladan, pezoelektrik kristall O’YuCh li elektr maydoni ta’sirida pezoelek- trik deformasiyalanishi natijasida g. hosil qilinadi. Deformasiya chastotasi G. chastotasiga mos bo’ladi. G. O’YuCh mag- nit maydonida kristallarda magnito- striktsiya hodisasi asosida ham hosil qilinadi. Yuqorida qayd qilingan usul- larning f.i.k. juda kichik (bir necha %). Shuning uchun g.ni hosil qilish uchun lazerlar, o’ta o’tkazgich asosidagi nur- latgichlar qo’llaniladi. G.ning xususi- yatlari uni modda xossalarini, ayniqsa, qattiq jismlar fizikasini o’rganishda qo’llashga, shu jumladan akustoelektro- Nika va akustooptika qurilmalarini yaratishga imkon beradi.