GIPOGEN MINERALLAR
GIPOGEN MINERALLAR — (gipo… va Yun. genes — kelib chiqishi) — Er po’stining chuqur qismida mineral hosil bo’lish jarayonlari natijasida vujudga keladigan minerallar. G. m.ga silikatli va sulfid oksidli magma- ning kristallanishidan hosil bo’lgan minerallar (dala shpatlari, piroksen- lar, olivin, xromit, titanomagnetit va b.), gazsimon birikmalarga boy qoldiq (pegmatit) eritma minerallari (slyuda- lar, topaz, berill va b.), kontakt-metaso- matik minerallar (granatlar, vezuvian- lar, magnetit, sheelit va b.), gidrotermal ruda tomirlari minerallari (flyuorit, volframit, kassiterit va b.) va vulkan buglari minerallari (oltingugurt va b.) kiradi. G. m. paydo bo’lish jarayoni gipo gen jarayonlar deyiladi. G. m.ning ko’plari erning yuza qismida barqaror emas va nurash natijasida gipergen minerallarga aylanadi. G. m. turini aniqlash ular b-n bog’liq bo’lgan foydali qazilmalarni qidirib topishga imkon beradi.