Gipoglikemiya

Gipoglikemiya (gipo… Yun. glykys — shirin va haima — qon) — qonda qandning norma (70 mg %) dan kamayishi. Sog’lom kishilar uglevodlar ko’p qabul qilganida, zo’r berib jismo- niy ish b-n shug’ullanganida, shuningdek ayollarda laktasiya davrida g. ro’y berishi mumkin. Me’da osti bezi, jigar, buyrak kasalliklari va b. ham g.ga olib keladi. Bemorga insulin ortiqcha berilganda gipoglikemik shok kuzatiladi, bundam holat ro’y berganda venaga glyukoza yubo- riladi. Qonda qand miqdorining 40 mg% dan kamayib ketishi ko’pgina noxushli- klarga; hushdan ketish, tirishish, hatto o’limga olib kelishi mumkin. G.ga sabab bo’lgan asosiy kasallik aniqlanib, uni davolash tadbirlari ko’riladi.