Gipogonadizm

Gipogonadizm (gipo… va gona- dalar), gipogenitalizm — jinsiy gor- monlar etishmasligi oqibatida kelib chiqadigan va jinsiy a’zolar hamda ik- kilamchi jinsiy belgilarning etarli darajada rivojlanmasligi b-n ifoda- lanadigan kasallik holati. Birlamchi va ikkilamchi g. farq qilinadi. Birlamchi G. kasallik oqibatida jinsiy bezlarning bevosita shikastlanishi (jinsiy dif- ferentsiyalanishning tug’ma nuqsonlari, jarohatlanishlar, nurlanish va b.) na- tijasida kelib chiqadi. Ikkilamchi G. gipotalamus-gipofiz sistemasi kasal- liklari (mas, o’smalar) natijasida gona- dotrop gormonlar yoki rilizing-omillar sekresiyasi kamayib ketishi yoki to’xtashi oqibatida ro’y beradi.