GIPOMORFOZ

GIPOMORFOZ (gipo… va Yun. morphe — shakl, ko’rinish) — orga- nizmlar tuzilishining rivojlanmasdan ikkilamchi soddalashuvi; biologik Pro- gressning asosiy yo’nalishlaridan biri. G. ko’pincha tur ajdodlari individual ri- vojlanishidagi so’nggi davrlarning tu- shib qolishida namoyon bo’lib, organizm- ning boshqa muhitga o’tishi b-n bog’liq (suvda va quruklikda yashovchilarning quruqlikka chiqishi). Neoteniya — ayrim dumli suvda va quruklikda yashovchilar ontogenezining lichinka davrida to’xtab, jinsiy voyaga etgan organizm singari ko’payish xususiyatiga ega bo’lishi g.ga misol bo’la oladi. G. katamorfoznshg Xu- susiy ko’rinishlaridan biridir.