Gipsli tuproqlar

Gipsli tuproqlar — tarkibi da va gorizontlarida gips bo’lgan tup- Roklar. G. quruq dasht, chala cho’l va cho’l tuproqlarida, shuningdek, sho’rlangan tuproqlarda 10 sm gacha chuqurlikda (gips qatqaloqli tuproqlar) va 50 sm dan chuqurroqda (gipsli tuproqlar) uchray- Di. Yarim gidrat (CaSO40,5H2O), gidrat (CaSO4H,O) va ikki gidrat (CaSO4- 2H2O) ko’rinishlarda bo’ladi. Tuproqda G.ning miqdori 30% va undan ortiq bo’lishi mumkin. Xloridlar (ko’pincha G. qatlamlari b-n birga uchraydi) ishti- rokida g.ning eruvchanligi ortadi. Shu- ning uchun tuproqda g. miqdori 20% dan oshea, ekinlarning so’lish koeffisienti ham ortadi. Oksidlanish-qaytarilish jarayonida g. madaniy o’simliklar uchun zaharli oltingugurt (P)-oksidi va vodo- rod sulfid hosil qiladi. Tarkibida yop- pasiga g. gorizontlari bo’lgan tuproqlar sug’orilganda o’zanlar cho’kishi va shakli o’zgarishi mumkin. Shuning uchun bunday tuproqlar o’zlashtirilganda g.li gori- zont chuqurligi va qalinligini hisobga olish zarur. Sho’rtobli tuproqlarninng fizik-kimyoviy xossalarini yaxshilashda va o’g’it tarzida tuproqqa gips solinadi.