GIPSOTERMOMETR

GIPSOTERMOMETR (Yun. Hypsos -balandlik va termometr), termobaro — metr — atmosfera bosimint o’lchaydigan simobli asbob. Ishlash tarzi bosim o’zgarishi b-n suvning qaynash t-rasi o’zgarishiga asoslangan. G. yordamida suv bug’ining t-rasi aniqlanib, kuyida- gi formula asosida atmosfera bosimi r topiladi: p=760+t— 100/0,0375 mm. sim. ust., bunda t — bosim r dagi suv- ning qaynash t-rasi. Bu usul birinchi bor frantsuz fizigi va kimyogari A. V. Reno tomonidan taklif etilgan. G. asosan tog’li joylarning atmosfera bosimini o’lchashda qo’llaniladi.