Girift, bidratma, dirillama, rez

Girift, bidratma, dirillama, rez — dutor, tanbur, chang singari tor- li sozlarda ishlatiladigan ijro usuli, musiqa bezaklaridan biri. Barmoq (yoki bilak)larning uzluksiz, tez va bir te- kisda almashinib kelayotgan harakatlari orqali bajariladi. G. kuchi bir xil bo’lgan zarblardan iborat bo’lib, kuy- larga o’ziga xos noziklik va mayinlik bag’ishlaydi. «Boburnoma»da g.ni qonun sozining mashhur ijrochisi bastakor Xo’ja Abdulloh Marvarid (16-a.) ixtiro etganligi ta’kidlanadi (yana q. Musiqa ijrochiligi, melizmlar).