GISTAMINGA QARSHI DORILAR

GISTAMINGA QARSHI DORILAR, antigistamin vositalar — gista- minning ayrim a’zolarga va butun orga- nizmga ta’sirini susaytiradigan mod- dalar. Ular ichak va bronx muskullari- ning gistamin ta’sirida qisqarishiga yo’l qo’ymaydi, uning qon aylanishiga ta’sirini kamaytiradi, kapillyarlar o’tkazuvchanligining gistamin ta’sirida ortishiga to’sqinlik qiladi, anafilaktik reaktsiyalarning kechishini osonlashtira- Di. G. q. D. me’dadan shira chiqishining gistamin ta’sirida kuchayishiga barham bermaydi, gistamin chiqishiga aytarlik ta’sir ko’rsatmaydi va antigen — anti- Telo reaktsiyalariga putur etkazmaydi. Ayrim G. q. D. Markaziy nerv sistemasi- ning faoliyatini susaytirib, bemorni tinchlantiradi va uxlatadi, narkotik, og’riq qoldiruvchi dorilar ta’sirini kuchaytiradi, dengiz va tog’kasalligida ko’ngil aynishi va qusishning oldini oladi, homiladorlarning qusishini bo- sadi, tirishishga qarshi ta’sir etadi. 20-a. oxirlarida g.q.D.ningyangi turku- mi — N2-gistamin blokatorlar ixtiro qilindi. Bulardan tsimetidin, Rani- tidin, famotidin, nizatidin, roksa- tidin va ularning ko’plab analoglari me’da-ichak yarasini davolashda keng qo’llanilmoqda. G.q. D. asosan eshakem, allergik va vazomotor rinit, allergic kon’yunktivit, ekzema, kapillyarotoksi- koz, bronxiol astmaning boshlangich dav- rida buyuriladi.