GISTOMONOZ

GISTOMONOZ — 2 haftadan 2-3 oylikgacha bo’lgan kurkalar, jo’jalarda oddiy Histomonas meleagridis lichinka- lari qo’zg’atadigan kasallik. Virus tar- katuvchisi — kasallangan jo’ja. Par- randalar asosan tarkibida Heterakis gallinarum nematodalari tuxumi (unda gistomanadlar uzoq muddat saqlanishi mumkin) bo’lgan oziq orqali zararla- nadi. Belgilari: ishtaha yo’qoladi, tez- tez ich ketadi, boshi qoramtir-ko’k tusga kiradi. 1-3 haftadan so’ng kurkalar nobud bo’lishi mumkin. Tashhis epizo- otologik, klinik va patologo-anatomik ma’lumotlar bo’yicha qo’yiladi hamda zararlangan ichakdan olingan shilliq pardalari massani tekshirish natija- sida tasdiqlanadi. Davosi: ozuqaga ni- trofuranli preparatlar (furazolidon, trixopol, dimetridazol, gistamon va b.) qo’shib berish. Oldini olish: kasallan- gan kurka va jo’jalarni onasi qanoti ostida (boshqa jo’jalar b-n birga) yotish- ga qo’ymaslik; fenotiazin, piperazin va b. antigelmintlar b-n gelmintsizlan- tirish.