Giza

Giza —Misr (Qohira yaqini)dagi me’moriy yodgorliklar saklangan shahar. Qad. Misrning Memfis sh. Hududida Misr fir’avnlari Xeops, Xefren va Mikerinlarga atab barpo etilgan ehrom (piramida)lar ansambli (mil. AV. 3-a.). Eng ulkan inshoot Xeops ehromi (bal. 146,6 m, tomonlar asosi 233 m, me’mori Xemiun) ohaktosh bo’laklari (og’irligi 2,5 t dan 30 t gacha, hammasi taxm. 2300 ming dona) b-n qoplangan: Xefren ehromi (ohaktosh, bal. 143,5 m, tomonlar asosi 215,25 m) yaqinidagi ibodatxona- ning hashamatli zali qirrali ustun- lar b-n bezatilgan. «Katta Sfinks» (uz. 57 m, bal. 20 m, mil. AV. 3-a.) qoyalarda joylashgan. Mikerin ehromi (bal. 62 m, tomonlar asosi 108,4 m) «dunyo- ning etti mo»jizasi» tarkibiga kir- gan. Har bir ehromga sharqdan ibodat- xonalar tutashgan bo’lib, ular o’tish yo’llari orqali bir-biri b-n bog’langan. Ibodatxonamaqbaralar (aslzodalarning 2-6-sulolalari dafn etilgan 7 mingdan ortiq qabrlar joylashgan), kichik exrom- lar, mastabalar bor.