Glauber tuzi
Glauber tuzi (nemis olimi Glauber nomidan), mirabilit — mineral. Mayda ignasimon kristall holida uchraydi. Rangsiz, shaffof, shishasimon yaltiroq, solishtirma og`irligi 1,48. Mazasi taxir, sho`r. Qorabo`roz-Go`l qo`ltig`i glauber tuzining dunyoda eng katta koni hisoblanadi. Kaspiy dengizining shimoliy sohilida, Qozog`istonda, Kavkazda, AQSh, Meksika, Argentinada konlari bor. Glauber tuzi soda tayyorlashda, shisha, bo`yoq sanoatida va tibbiyotda ishlatiladi.