Gliptika nima?
«Gliptika» so’zi yunonchadan tarjima qilganda «kesaman», «cho’kichlayman» degan ma’nolarni anglatadi. Noyob yoki yortinoyob toshlarga nimanidir o’yish san’atini gliptika deb atash odat tusiga kirgan. Bu, amaliy-bezak san’atining ko’rinishlaridan biri. O’ymakorlik toshlar yoxud «Gemma» deb ataluvchi jihozlar qadim zamonlardan beri muhrlar, va zebu ziynatlar sifatida xizmat qilgan. Botiq tasvirli gemmalar intaliylar, bo’rtiqlilari esa — kameylar deb atalgan. Intaliylar va kameylar (steatitlar, gematitlar, serpantinlar) toshlardan ham (serdolik, xaltsedon va billur) toshlardan ham ishlangan. Yumshoq va qattiq jinsli toshlarga qo’lda yoki uncha murakkab bo’lmagan aylanuvchi toshpichoq yordamida ishlov berilgan edi. Ikkidaryo oralig’i va Misrda yaratilgan, eng qadimiy sangtaroshlik asarlari miloddan avvalgi to’rtinchi mingyillikka mansub bo’lib, bu narsa ushbu davlatlarda hunarmandchiliklar rivojlanishi darajasi yuqori bo’lganligidan dalolat beradi. Asosan ular muhrlar — intaliylardan iborat bo’lib, ularning izlari asotiriy mavzudagi kompozisiyalarni o’zida mujassam etar edi. Bundan ham qadimiyroq gliptika asarlari borligi ma’lum. Ular miloddan avvalgi IX— VIII asrlarda yaratilgan mashhur Urartu gemmalaridir. Xuddi shuningdek Eronning miloddan avvalgi VI—V asrlarga mansub gemmalari ham ma’lum va mashhurdir. Qadimgi Misr muhrlari odatda muqaddas go’ngqo’ng’iz shakliga ega bo’lgan. Ularning pastki tomonida ierogliflar yoki asotiriy qahramonlarning tasviri zarb etilgan. Krit gemmalari (miloddan avvalgi III—II mingyilliklar) da esa ilk daf’a kishilarning suvratli tasvirlari paydo bo’ldi. Qadimgi Yunoniston va qadimgi Rimda gliptika san’ati o’zining ravnaqiga erishadi. Yunon gemmalari ko’pincha Misrdan o’zlashtirilgan go’ngqo’ng’iz ko’rinishiga ega edi. Miloddan avvalgi V—VI asrlarda antik gliptikaning mumtoz deb atash odat tusiga kirgan tariqasi shakllandi. O’sha zamonlarning gemmalarida hayvonlar va qushlar, ilohlar va qahramonlar figuralari, asotiriy lavhalar tasvirlangan edi. Ellinizm davrida ko’pqatlamli aqiqdan tayyorlangan, ko’pincha katta o’lchamlarga ega bo’lgan kameylar rusumga kira boshladi. Mutlaq hukmdorlarning saroylari qoshida suratli gliptika dong chiqardiki, ana shunday durdonalardan birini siz, albatta, ko’rgan bo’lishingiz kerak. Bu podshoh Ptolemey II Filadelf va uning zavjasi Arsina tasvirlangan mashhur «Ganzag kameyi»dir. Miloddan avvalgi III asrda ishlangan kamey Rossiyada, Ermitajda sahlanadi. Har bir davr o’zining ajoyib gliptika ustalariga ega bo’lgan. Qadimgi Rimda dongi ketgan yunonlar Agatop, Solon, Dioskruridlar mehnat qilishardi. O’rta asrlarda gliptika san’ati Vizantiyada, musulmon sharqida va Xitoyda rivoj topdi. G’arbiy Yevropada gliptika san’ati Uyg’onish davrida qayta tiklandi, unda yetakchi mavqe italyan ustalariga tegishli bo’lgan. Ular orasida Bellini, Yakopo de Tressolar borki, bu ustalar nafaqat antik namunalardan nusxa ko’chirishdi, qolaversa zamondoshlarining portretlarini ham yaratishdi. Gliptikadagi so’nggi yuksalish XVIII asrdan to XIX boshlari davomidagi oraliqda, ya’ni klassisizm-mumtoziyat davrida yuz ko’rsatgan edi. O’shanda hamma italyan kandakorlari Pixlerlarning (butun boshli sulola) mahorati haqida so’z yuritar edi. Germaniyada kandakor Natter, Fransiyada — Jak Yue mashhur bo’lgan. Yesakov, Shilov, Dobroxotov Rossiyada bu davrning eng dongdor kandakorlari edi. XIX asrda gliptika tanazzulga yuz tutadi. Nima ham qilardik, umidvor bandalar, uning yangi ravnaqini kutamiz-da!