Glisin

Glisin — 1) glikokol, amino- sirka kislota, NH2—SN2— soon; rangsiz kristall modda. Suyuqlanish t-rasi 232-236° (parchalanadi), mol. m. 75,07, zichligi 1595 kg/m3. Suvda yaxshi eriydi, ko’pchilik organik erituvchi- larda erimaydi. Oqsil moddalarning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi; 2) p-oksifenil aminosirka kislota, HOC6H4NHCH2COOH; suyuqlanish t-rasi 245-247°. Ishqorlar va kislo- talarda yaxshi eriydi, suvda va spirtda yomon eriydi, fotografiyada ochiltirgich (proyavitel) sifatida ishlatiladi.