Glyukokortikoidlar

Glyukokortikoidlar — odam va umurtqali hayvonlar buyrak usti bezlarining po’stlog’idan chiqadigan gormonlar. Kimyoviy tuzilishiga ko’ra steroid. Gipofiz ta’sirida xolesterin- dan hosil bo’ladi. Adrenokortikotrop garmon g. sekresiyasini oshiradi. Orga- nizm hayot faoliyati uchun noqulay sharo- itlar (q. Stress, Adaptasiey sindrom) ro’y berganda g. ko’p ishlab chiqariladi. Asosiy G.: gidrokortizon, kortizon, kortikosteron, 11-degidrokortikoste- Ron. G. asosan uglevodlar almashinuviga ta’sir etadi, jigarda oqsillardan gli- kogen sintezlanishiga va glyukoza hosil bo’lishiga yordam beradi; yuqori moleku- lali yog’kislotalarining biosinteziga to’sqinlik qiladi. G. biriktiruvchi va limfa to’qimalari faoliyatini susayti- rib, turli yallig’lanishlar rivojlani- shiga yo’l qo’ymaydi. G. va ularning sin- tetik analoglari(gidrokortizon-atsetat, prednizolon) tibbiyot va veterinariyada keng qo’llaniladi.