GNUS
GNUS (rus— chaqadigan hasharotlar) — qon so’ruvchi ikki qanotli hasharotlarning umumiy nomi; chivin- lar, zaxkash chivinlar, iskabtoparlar, bukri pashshalar, qashqa pashshalar, so’nalar kiradi. G.ning yashash sharoitiga qarab turlariningtarkibi o’zgarib tura- Di. Er sharining tog’cho’qqilari va Arkti- kadan tashqari hamma joyida tarqalgan. G. botqokliklar, hayvon chiqindilari, kemiruvchilar ini va b. zax joylarga tu- xum qo’yadi. Odam va hayvonlarga turli yuqumli kasalliklar (bezgak, teri yara- si, yapon entsefalita, tulyaeremiya, kuy- dirgi, onxoserkoz)ni yuqtiradi. G. qon so’rganida odam va hayvonlarga tinchlik bermaydi, hayvonlarning mahsuldorligi kamayadi. Saqlanish choralari: g. tarqalgan joylarda yuz va tananing ochiq joylariga niqob tutib olinadi, badanga Di.metilftolat, repudin, dietil-tolua- Mid kabi repellentlar suriladi.