Goffman (Hoffman) Avgust Vilgelm
Goffman (Hoffman) Avgust Vilgelm (1818.8.4, Gissen — 1892.5.5, ber- Lin) — nemis organik kimyogari. London kimyo jamiyati prezidenti (1861 y.dan). Germaniya kimyo jamiyati asoschisi va uning birinchi prezidenti (1868-92). London Qirollik kimyo kolledji Di- rektori (1845-65). Berlin un-ti prof. (1865 y.dan). Asosiy ishlari aromatik birikmalar, jumladan bo’yagich modda- lar sinteziga bag’ishlangan. Toshko’mir smolasi tarkibida anilin va xinolin borligini aniqlagan (1841). Toshko’mir chirkidan benzol ajratib olgan (1845) va uni nitroben-zolga aylantirgan, ni- trobenzolni qaytarish yo’li b-n anilin hosil qilgan. Etil yodid S2N5 ga ammi- AK ta’sir ettirib aminlar sintez qilish usulini taklif etgan (1850; q. Goff- man reaktsiyalari). Qizil anilin bo’yagich (fuksin)ni sintez qilgan (1858) va uning tarkibini aniqlagan (1861). K. A. Marsius b-n hamkorlikda S6N5—NH— CH3-^CH3-C6H4-NH2 ko’rinishidagi qayta guruxlanishni (1871), birlamchi aminlarning izonitrillarga aylanishi- ni kashf qilgan (1881). Kislota amidla- ridan alifatik, yog’-aromatik va getero- tsiklik aminlar olish usuli (Goffman qayta guruhlanishi) ni taklif qilgan.