Goldoni (Goldoni) Karlo

Goldoni (Goldoni) Karlo (1707.25.2, Venesiya — 1793.6.2, Parij) — italyan dramaturgi, italyan teatri islohotchisi, milliy komediya asoschi- si. Dastlabki asarlari («Momolo kor- tezan», 1738; «Momolo Brenteda», 1739; «Sinish», 1741) dayoq niqoblar komediya- si (syujetning qisqa sxemasidan iborat stsenariy asosida tayyorgarliksiz to- mosha yaratish)ni isloh qilgan. Mazkur asarlar muqim matnga, aniq insoniy xa- rakterlarga, ma’rifatparvarlik g’oyalari singdirilgan, jamiyatning illatlarini tanqid qiluvchi mazmunga ega edi. Ayni paytda g. niqoblar komediyasining Afzal tomonlarini — xushchaqchaqlik, syujet rivojidagi izchillikni saklab qolgan. G. 155 komediya, 18 tragediya, 94 libretto yozgan. Teatr tarixiga oid «Memuarlar» (1784-87) muallifi. «Mehmonxona be- kasi», «ikki boyga bir malay» va b. kome- diyalari o’zbek tiliga tarjima qilinib, Muqimiy teatrida sahnalashtirilgan.