Golfstrim
Golfstrim (ing. Gulf Stream -qo’ltiq oqimi) — Atlantika okeanining shim. qismidagi iliq oqim. Aslida G. bir qancha iliq oqimlardan iborat bo’lib, Florida ya. o. qirg’og’idan Shpisbergen va Novaya Zemlya o.larigacha 10 ming km ma- sofaga oqib boradi. G. dastlab Florida qo’ltig’ining Jan. qismida hosil bo’ladi. Passat shamoli suvni Yukatan bo’g’ozi orqali Meksika qo’ltig’iga haydaydi va oqibatda Meksika qo’ltig’i suvi sathi b-n Atlantika okeanining shu atrofda- gi qismi sathida kattagina farq vujud- ga keladi. Okeanga kiraverishda oqim hajmi sekundiga 25 mln.m3 (sutkasiga 2160 km3) ga etadi, bu esa butun er sha- ridagi barcha daryolarning suv sarfidan 20 marta ortiqdir. Okeanda bu oqim Antil oqimi b-n qo’shiladi, shundan so’ng 38° sh. k.da g.da sekundiga 82 mln. m3 suv oqadi. G. okeanda soatiga 6 km (ba’zan 10 km) tezlik b-n shimolga karab shim. Amerika materigi sohili bo’ylab o’tadi. Oqimning eni Jan.da 75 km, Xatteras burni yaqinida 110-120 km, qalinligi 700-800 m. G. juda ko’p issiqlik hamda tuz olib keladi. Suv yuzasida o’rtacha yil- lik t-ra 25-26°, sho’rligi 36,2—36,4%», 400 m chuqurlikda 10-12°, Nyufaund- Lend sayozligining Jan. chekkasi yonida G.ga shimoldan sovuq Labrador oqimi yaqinlashib keladi. Ana shu erda ikki xil suv aralashadi va yuza qatlamdagi suv pastga tushadi. Taxminan 40° G’. u.da g. Shimoliy Atlantika oqimi no- mini oladi, bu oqim g’arbiy va Jan.- g’arbiy shamollar ta’sirida Okeanii g’arbdan sharqqa kesib o’tadi va Evropa yaqinida asta-sekin shim.-sharqqa bu- riladi. Tomson portiga yaqinlashganda Shim. Atlantika oqimidan Irminger iliq oqimi ajralib chiqib, Baffin dengizi tomon ketadi. Shim. Atlantika oqimining asosiy qismi Norvegiya den- gizidan chiqqach, Shpisbergen oqimi no- mini oladi va Skandinaviya ya. o.ning g’arbiy qirg’og’i bo’ylab shim. ga qarab ketadi, shundan so’ng Shpisbergen o.larining g’arbiy qirg’og’i yaqinidan o’tib, Shpisbergendan shim. da bu oqim pastga tushib ketadi va shim. Muz oke- anidan yana bir oz sezilib turadi. G. va uning davomi bo’lgan iliq oqimlar shim. Muz okeani va uning dengizlari suviga, organik dunyosiga, Evropaning Atlanti- ka okeaniga yaqin mamlakatlari iqlimiga katta ta’sir etadi. Iliq suv Evropa havosini ilitib turadi.