Gollivud
Gollivud (Hollywood) — Amerika kinematografiyasining markazi. Kali- forniya shtatining Los Anjeles sh.da joylashgan. Filmlarni suratga olish- ni 1908 y. boshlagan. 1913—15y.laresa AQSh kino sanoati markaziga aylangan. 20-y.lardan «metro-Goldvinmayer», «20 asr — Foks», «Paramaunt», «Uorner bra- zers», «Kolambiya», «rko-radio» kino kompaniyalari faoliyat ko’rsata boshladi. G.da Amerika kinematografiyasining aso- siy o’ziga xos tomonlari shakllandi: «ki- noyulduz» tizimini yaratish, kinodrama- turgiyani standartlashtirish, filmlar- ni konveyer usulida ishlab chiqarish va b. G.da turli davrlarda Ch. Chaplin, E. Shtrogeym, K. Vidor, J. Ford, U. Uayler, F. Kapra kabi kino darg’alari ishlagan. Kinokompaniyaning jaholatparastlikka berilishi, kinoprokat xarajatlari- ning ko’payib ketishi, filmlarning badiiy jihatdan sayozlashuvi, televi- Denie hamda Nyu-Yorkda mustaqil ish- layotgan kino arboblar raqobati g.ni inqirozga olib keldi (ayniqsa 50-60- y.lar). 70-y.lardan g. yana o’z qaddini tiklay boshladi. 80-y.lardan esa yana jahondagi eng yirik kino markaziga aylandi. O’z faoliyatini faollashtirib, qiziqarli badiiy filmlar ishladi. «Gladiator» (rej. R. Skott, 2000), «Kema halokatidan jabr ko’rgan» (R. Zemekis, 2000), «ayollar nima xoxlaydi» (N. Mey- Ers, 2000), «tig’iz payt» (R. Ratner, 2001), «Boshqalar» (A. Amenabar, 2001) kabilar G.ning so’nggi yillar yaratgan eng yaxshi filmlaridir. Rassel Krou, Xoakin Fe- Niks, jim Kerri, Maykl Duglas, ento- ni Xopkins, Richard Xaris, Mel Gibson, Kameron Diaz, Lyusi Lu, Jeki Chan, Kris Taker, Stiver Seybl, Laura der va b. G.ning eng mashhur aktyorlaridir.