Golmiy

Golmiy (lot. Holmium), No Men- deleev davriy sistemasi III guruhining lantanoidlar turkumidagi kimyoviy ele- ment. Atom raqami 67, at.m. 164,94. Bir- gina barqaror izotopi 65No bor. 1879 y.da shved kimyogari P. Kleve kashf etgan. G. Er po’stining massa jihatdan 1-10~4% ini tashkil qiladi. Tabiatda ittriy guruhchasi elementlari b-n birga uch- raydi. G.— oqish kulrang metall. 1428° gacha geksogonal panjarali a-No (zichli- gi 8,799 g/sm3) holatda, 1428° dan yuqori t-Rada esa kubik panjarali, suyuqlanish t-rasi 1470°, qaynash t-rasi 2707°, zich- ligi 8,82 g/sm3 r-No holatda barqaror. Ferromagnetik, mexanik ishlovga oson beriladi. Havoda -20° da sekin, 100° dan yuqori t-Rada tez oksidlanadi. Mineral kislotalar (ftorid kislotadan tashqari) ta’sir ettirilganda NO3+ tuzlarini qosil qiladi; ishqorlar ta’siriga be- rilmaydi. Qizdirilganda N2, H2, S12, J2 va G’2 b-n reaktsiyaga kirishadi. G. Nog’3 ni kaltsiy b-n qaytarib olinadi. G.ning birikmalari kimyo va engil sanoatda, lok va bo’yoklar, katalizatorlar, fotoreagent- lar tayyorlashda, q.x.da o’simliklarning o’sish jarayonini tezlashtiradigan o’g’it sifatida ishlatiladi.