Golsuorsi (Galsworthy) Jon
Golsuorsi (Galsworthy) Jon (1867.14.8 — London — 1933.31.1) -ingliz yozuvchisi, dramaturgi. Dastlabki asar- lari — «to’rt shamol» (1897) hikoyalar to’plami, «Joslin» (1898), «Villa ru- Beyn» (1900) romanlari yangi romantic yo’nalish ta’sirida yozilgan. G. «Fari- Seylar oroli» (1904) romani b-n ijti- moiy-maishiy mavzuda romanlar turkumi yaratishga kirishdi. «Qo’rg’on», «Chorbog'» (1907), «Qardoshlik» (1909), «Patrisiy» (1911), «Frilendlar» (1915) romanlari- da jamiyatdagi turli tabaqalar hayotidagi qarama-qarshiliklar aks ettirilgan. G. garchi adabiyotdagi yangi oqimlar — este- tizm, naturalizm, modernizmga zamondosh bo’lsa ham, an’anaviy realizm maktabiga sodiq qolib, uni yangi bosqichga ko’tardi. «Joy» (1907), «Kurash» (1909), «Adolat» (1910) va b. pesalari mehnatkashlar hayoti haqida. Muayyan zodagon oilasi taqdiriga bag’ishlangan yirik epopeya — «Forsaytlar haqida qissa» (1906— 22), «Zamonaviy komediya» (1924-28), «bob- ning yakuni» (1931-33) trilogiyalari va shu turkumga kirgan hikoyalarida 19-a. oxiri — 20-a.ning birinchi choragidagi ingliz jamiyati hayoti mohirona tasvir- landi, jamiyatdagi kuchli va ojiz tomon- lar hayotiy lavhalarda ochib berildi. G. asarlari ko’plab xorijiy tillarga tar- jima qilingan. Nobel mukofoti Laure- ati (1932).