Gomogen reaktor

Gomogen reaktor — yadro yonilg’isi b-n sekinlatkich gomogen ara- lashma (neytronlar uchun bir xil muhit) hosil qiladigan atom reaktori. Bunda aralashma yadro yonilg’isi b-n sekinlat- kichning suyuq eritmasidan yoki zarralar suspenziyasidan iborat bo’lishi mum- kin; suspenziyadagi zarralar o’lchami esa neytronlarning erkin yugurish uzunli- gidan ancha kichik bo’ladi. Energetika maqsadlari uchun mo’ljallangan qaynar reaktorda kukunsimon uran (yoki plu- Toniy) b-n suv aralashmasi bir jinsli sistemani tashkil qiladi. G.r.da maxsus issiq,lik eltuvchilar ishlatilmaydi. G.r. aktiv zonasidagi issiqlik ikki usul- da: shu zonaga o’rnatilgan aylanma nay orqali sovuq suv yuborib va aktiv zonani aylanib yuruvchi og’ir suv ichiga o’rnatib ajratib olinadi. G.r.ni sozlab turish uchun alohida sistema talab qilinmaydi, u bir me’yorda ishlab turadi.