Gomologiya

Gomologiya — 1) proektov te- kislikni o’zini-o’ziga bir qiymatli almashtirish. G.da nuktalarning bir to’g’ri chiziqda yotish va biror to’g’ri chiziq (g. o’qi)dagi barcha nuqtalarning qo’zg’almasligi xossasi saqlanadi. Ayniy almashtirishdan iborat bo’lmagan g.da mos nuqtalar (mas, A’ va A, V’ va V)ni tutashtiruvchi barcha to’g’ri chiziklar bir nuqtada, ya’ni g. markazida, mos to’g’ri chiziklar (AV va A’V’) esa g. o’qida kesi- shadi; 2) topologiyada — oddiy hol uchun biror sirtdagi egri chiziqning shu sirt- dagi biror qismni cheklash xossasi. Mas, tor sirtidagi egri chiziq shu sirtning S qismini cheklaydi (chegaralaydi). Egri chiziq nolga gomologik emas, chunki sir- tning hech qanday qismini cheklamaydi.