Gomozigotalik

Gomozigotalik (gomo… va zi- Gota) — genotipida muayyan genning bir xil allellarini saqlovchi orga- nizmlar holati. G. bir xil allellarga ega bo’lgan urug’va tuxum hujayrasining qo’shilishidan hosil bo’ladigan, ya’ni urug’langan tuxum hujayraning rivojla- nishi tufayli yuzaga keladi. G. Keyingi avlodlarda faqat o’z-o’zidan changlana- digan o’simliklarda saqlanib qoladi. Chetdan changlanadigan va fakultativ o’z-o’zidan changlanadigan o’simliklarda (mas, g’o’za) organizmlar odatda getero- zigotalik holatga o’tadi. Shu sababli bunday o’simliklarda qator avlodlar da- vomida g. organizmlar olish va saqlash uchun inbriding, ya’ni yaqin qarindosh organizmlar o’rtasida duragaylash usu- lidan foydalaniladi.