Gonduras (Honduras), Gonduras Respublikasi

Gonduras (Honduras), Gonduras Respublikasi (Republica de Honduras) — Markaziy Amerikadagi, davlat. Shim. dan Karib dengizi, Jan.-g’arbdan tinch okeanning Fonseka qo’ltig’i o’rab tura- Di. Mayd. 112088 km2. Axrlisi 6,2 mln. kishi (1999). Poytaxti — Tegusigal- Pa sh. Ma’muriy jihatdan 18 Depar- tamentga, departamentlar okruglarga, okruglar munisipiyalarga bo’linadi. Davlat tuzumi. Gondurus—Respubli- ka. Amaldagi Konstitusiyasi 1965 y. 5 iyunda qabul qilingan; 1981 va 1982 y.larda tuzatishlar kiritilgan. Dav-lat va hukumat boshlig’i—prezident. U umumiy to’g’ri va yashirin ovoz berish orqali ovozlarning oddiy ko’pchiligi b-n 4 y. muddatga saylanadi (ikkin- chi muddatga saylanishi mumkin emas). Qonun chiqaruvchi hokimiyati bir pala- tali parlament — Milliy Assambleya. Tabiati. Sohili anchagina parchalangan. Karib dengizi g’arbiy qirg’og’i bo’ylab kambar, Sharqiy qirg’og’i bo’ylab kengroq (80 km gacha) pasttekislik, shim.-sharqi bo’ylab esa botqoq pasttekislik (mo- Skit sohili) bor. G. hududining 2/3 qismi 2865 m balandlikkacha bo’lgan tog’liklardan iborat bo’lib, ko’pgina daryolarning vodiylari alohida mas- sivlarni hosil qiladi. Foydali qazilmalardan kumush, oltin, rangli me- tallar va temir rudalari, surma, boksit bor. Iqlimi tropik passat, pasttekislik va vodiylarda issiq (yanv.ning o’rtacha t-rasi 22-26°), tog’liklarda esa iliq (10-24°). Tog’larning shamolga ro’para yon bag’irlarida yillik yog’in 3000-5000 mm, Jan.dagi vodiylarda qurg’oqchil. Yirik daryolari — Ulua, Aguan, Patu- ka, Koko. Shim. da tog’laterit, aksari ferralit tuprokli erlarda 600-700 m balandlikkacha doimiy yashil sernam tropik o’rmonlar, undan yuqorida dub, qarag’ay o’rmonlari (hududining 63%) va savannalar bor. Jan.dagi tog’-qizil tuprokli erlarda sernam o’rmonlar, vo- diylarda kserofit butalar o’sadi. Mil- liy bog’lari: La-Tigra, Rio-Plateno. Aholisining 90% ispan-indeys dura- gaylari, 6% indeyslar, 2% negrlar, 2% Evropa mamlakatlaridan kelib Qolganlar. Rasmiy til — ispan tili. Shahar aholisi — 41,1%. Asosiy din — katolik dini. Yirik shaharlari: Te- gusigalpa, San-Pedro-Sula, La-Seyba. Tarixi. Qadim zamonlarda g. Hududida indeys qabilalari yashagan. 16-a. gacha g. hududi Igueras yoki Ibueras deb atal- gan. G. ni 1502 y. X. Kolumb ochgan. 1524 y.dan uni ispanlar bosib olishga ki- rishdi va 1525 y.da to’la-to’kis o’ziga bo’ysundirdi. 16-a. o’rtalarida g. Gva- temala general-kapitanligi tarkibiga kiritildi. Mahalliy xalq ispan zamin- dorlari va kon egalari tomonidan qattiq jabr-zulmga duchor bo’ldi. Og’ir mehnatga bardosh bera olmay qirilib ketgan in- deyslar o’rni Afrikadan keltirilgan qul negrlar b-n to’ldirilgan. G. Xalqi 1821 y. 15 sent.da mustaqillikka erish- Di. 1823-38 y.larda Markaziy Ameri- ka Qo’shma viloyatlari tarkibida bo’ldi. 1824 y.da qullik bekor qilindi. 1839 y. G. Respublikasining birinchi Konsti- tusiyasi qabul qilingan. Bu paytda chet el, ayniqsa, Buyuk Britaniya va AQSh kapitali g. iqtisodiyotiga kira boshla- Di. G. xalqining og’ir mehnat sharoitiga qarshi ko’targan g’alayonlari (1905, 1907, 1911, 1912), xalq ko’zg’olonlari AQSh qo’shinlari tomonidan bostirildi. 1929-33 y.lardagi iktisodiy tanglik xalq ahvolini yanada og’irlashtirdi. Na- tijada 1931-32 y.larda bir necha Mar- ta xalq qo’zg’olonlari bo’lib o’tdi. 20-a. boshlaridan 80-y.lar oxirigacha g.da Dik- tatorlik rejimlari va harbiy xuntalar hukmroshshk qildi. Nihoyat, 1997 y. 30 noyab.da bo’lib o’tgan saylovda o’rta va may- da ishbilarmonlarning g. Liberal parti- yasi rahbari Karlos Roberto Flores FA- kusse g’alaba qozondi va g. Prezidenta etib saylandi; 1998 y. 27 yanv.da vazifasini bajarishga kirishdi. Milliy bayrami — 15 sent.— Mustaqillik kuni (1821). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. G. Liberal partiyasi, 1891 y.da tuzilgan; G. milliy partiyasi, 1891 y.da asos so- lingan; yangilanish va milliy birlik partiyasi, 1978 y.da tuzilgan; xristi- an-demokratik partiya, 1977 y.da tashkil etilgan; g. kommunistik partiyasi, 1954 y.da tuzilgan. G. mehnatkashlari konfe- derasiyasi, 1964 y.da tashkil etilgan; g. dehqonlar milliy uyushmasi, 1962 y.da asos solingan; g. mehnatkashlari bir- lashgan federasiyasi, 1981 y.da tuzil- gan; g. erkin kasaba uyushmalari marka- ziy federasiyasi, 1957 y.da tuzilgan. Xo’jaligi. G.— Lotin Amerikasida- gi qoloq agrar mamlakatlardan biri. Iqtisodiyotining asosi — q.x. Iktiso- diy faol aholining yarmidan ko’prog’i q. x. da band. Yalpi ichki mahsulotning 23% ini qishloq, o’rmon xo’jaligi va baliqchilik, 19% ini sanoat beradi. Asosiy ekinlari: banan, kofe, tamaki, shakarqamish, sholi, paxta, makkajo’xori, loviya, tariq. Yaylov chorvachiligi ri- vojlangan: qoramol, cho’chqa, qo’y, yilqi boqiladi. Tropik daraxt yog’ochlari tay- yorlanadi. Baliq ovlanadi, Fonseka qo’ltig’idan krevetka tutiladi. Sanoati zaif rivojlangan va mayda konchilik kor- xonalaridan iborat. Kumush, qo’rg’oshin- rux rudalari, oltin qazib olinadi. Bir yilda o’rtacha 1,1 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Oziq-ovqat, to’qimachilik, neftni qayta ishlash, tsellyuloza-qog’oz korxonalari ham bor. T.y.larning uz. — 996 km, avtomobil yo’llari uz.— 14,2 ming km. Tegusigal- Pa va San-Pedro-Sulada xalqaro Aero- portlar bor. G. chetga banan, kofe, yog’och, dengiz mahsulotlari, qand-shakar, qalay, rux, kumush chiqaradi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, oziq-ovqat, keng iste’mol mollari, kimyo sanoati mahsulotlari, yoqilg’i, o’g’it keltiradi. Tashqi savdo- dagi asosiy mijozlari: AQSh, Germa- niya, Yaponiya. Pul birligi — lempira. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’ri- fiy muassasalari. 7 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan bolalarga majburiy ta’lim jo- riy qilingan. Boshlang’ich maktabda ham, o’rta maktabda ham o’qish muddati — 6 y. Q. h., texnika va tijorat maktablari bor. Tegusigalpa milliy un-ti, g. aka- demiyasi, geogr. va tarix akademiyasi, geogr. milliy in-ti, antropologiya va ta- rix in-ti, bir qancha ilmiy jamiyatlar, Milliy kutubxona, un-t kutubxonasi, Tegusigalpada milliy muzey mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. G.da bir necha gaz. Va jur,lar, jumladan, «Gaseta» (kundalik gaz., 1830 y.dan), «Prensa» («matbuot», kundalik gaz., 1964 y.dan), «tribuna» («Minbar», kundalik gaz., 1977 y.dan), «Tempo» («vaqt», kundalik gaz., 1970 y.dan) gaz.lari, «Komersio» («savdo», 1970 y.dan) jur. chiqadi. G. milliy ra- diosi 1976 y., telekompaniyasi 1959 y. tijorat kompaniyasi tarzida tuzilgan. Adabiyoti mustaqillik e’lon qilingandan so’ng ispan tilida ri- vojlana boshladi. 19-a. shoirlari X. T. Reyes, T. Agilus, X. Sisneros va b. ispan mumtoz adabiyoti namunalariga ergashdilar. G. adabiyotidagi birinchi roman — «Anxelina»ni K. Guterros 1898 y.da yaratdi. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida atoqli adib F. Tursios mo- dernizm ruhida roman va she’rlar ezdi. Shoir A. Gilen Sela ijtimoiy muam- molarni qalamga oldi, shoir va yozuvchi R. E. Vale vatanparvarlik mavzularida ijod qildi. 2-jahon urushidan keyin K. Barrera, X. Karkamo she’rlarida, K. Isagirre, R. Amador romanlarida ij- timoiy norozilik ohanglari yangradi. Me’morligi va tasviriy san’ati. G.da 16-a.dan reja asosida shaharlar (komaya- Gua, Tegusigalpa) qurila boshladi, uylar bir qavatli bo’lib, 20-a. o’rtalaridagina ayrimlari zamonaviy uslubda qurildi. 19-a. oxirlari va 20-a. boshlarida tari- xiy, turmush ko’rinishlari mavzularida manzara, portret ishlovchi mahalliy ras- somlar etishdi (P. S. Sera, K. Suniga Figeroa). M. A. Ruis, X. A. Velaskes kabi rassomlar xalq hayotini, g. Shahar va qishloqlari qiyofasini realistik aks ettirdilar. Yirik realist rassom A. Ka- Nales o’z asarlarida ishchi va dehqonlar hayotining mashaqqat va fojialarini yorqin ko’rsatib berdi.