GONIT

GONIT (Yun. gony — tizza) — tiz- za bo’g’imining serozli, seroz-yiringli yoki yiringli yallig’lanishi. Yiringla- tuvchi kokklar, sil, so’zak mikroblari va b. sabab bo’ladi. G.da tizza qizaradi, si- Novial parda shishib, bo’g’im bo’shlig’ida oldin seroz-fibrinoz, keyin yiringli suyuqlik yig’iladi. O’tkir va surunka- li xili bor. O’tkir G.da yalliglanish belgilari tez namoyon bo’lib, yaqqol ko’rinadi. Bo’g’im qattiq og’riydi, kat- talashadi, bemor oyog’ini qimirlata olmay qoladi. Surunkali G. da bo’g’im shishib, funktsiyasi buziladi, bir oz qizaradi, qiziydi va sal-pal og’riydi. G.ning dastlabki alomatlari sezilganda darhol vrachga murojaat etish va uning ko’rsatmalariga qat’iy amal qilish lo- zim.