GO’RGON
GO’RGON — Kaspiy dengizidagi qo’ltiq, Eron sohillarida. Quruqlik ichkarisiga qariyb 60 kilometr kirib borgan. Kengligi 11 kilometr, chuqurligi 4 metrgacha. Dengizga Go’rgon bo’g’ozi orqali tutashgan. Qirg’oqlari past, botqoqlashgan. Sohilida Go’rgon, Bandar-Turkman va boshqa shaharlar joylashgan. Baliq ovlanadi.