Gorizontal drenaj
Gorizontal drenaj — zax qochiruvchi drenaj turi; ortiqcha tuproq- grunt suvlarini yig’ish va ularni zaxi qochiriladigan hududdan tashqariga chiqarib yuborish uchun qurilgan ochiq kanal (zovur)lar yoki uzluksiz drenaj (suvoqar) ko’rinishida erga yotqizilgan quvurlar tizimidan iborat. Asosiy Dre- nalar (tartibga soluvchi qism), suv qabul qilgichlar g.D.ning asosiy qismlaridir. Gidrostatik bosim farqi ta’sirida suvning drenalarga sizilib chiqishi hisobiga er osti suvlari sathi tartib- ga solinadi. Sizib chiqqan suv drenadan o’zi oqib ketadi. O’rta Osiyoda G.D. eng ko’p tarqalgan bo’lib, meliorasiyalana- digan (zaxi qochiriladigan) erlarning 85% dan ko’prog’iga xizmat ko’rsatadi. G. D. tuzilishi bo’yicha ochiq yoki yopiq; ishlash usuliga ko’ra zaxi qochiriladigan maydonda bir tekis joylashtirilgan muntazam hamda muayyan joylardagina (siyrak) joylashtirilgan ochiq yoki yopiq zovur va kollektorlar; xizmat muddati bo’yicha doimiy (meliorativ tizimning butun ishlash davrida aerasiya zonasida- gi tuproq-gruntning zarur suv-tuz tar- tibotini ta’minlaydi) va muvaqqat (do- imiy drenaj ishlab turgan bo’lsada, sho’r bosgan va o’ta sho’rxok erlarda faqat jo- riy sho’r yuvish davrida sho’rsizlantirish jarayonini tezlatish uchun quriladi) turlarga bo’linadi (q. Sho’r yuvish). Mu- ayyan tuproq-gidrogeologik sharoit- larda g.D.ning zax tortish quvvatini kuchaytirish maqsadida ularga ku- chaytirgich — burg’i qudug’i ulanadi. Ochiq drenajlar bir qancha jiddiy kam- chiliklari (drenajlar va zovurlar texnik holatining yomonlashishi, zax qochirish davrining uzoq davom etishi, sho’r yuvish- da suvning ko’p sarflanishi va b.) tufayli uni kamroq qo’llash yo’lidan borilmoqda. O’zbekistonda yopiq drenaj tarmoqlari 1930-40 y.larda Mirzacho’ldagi taj- riba meliorasiya st-yasida qurilgan. Ko’pgina afzalliklar (uzoq foydala- nish, tez va qisqa fursatda sug’orishga imkoniyat yaratishi, suvni tejash va b.) ga ega bo’lgani uchun bunday drenajlar 60-y.larda Mirzacho’ldagi qo’riq erlar- ni o’zlashtirishda keng joriy etildi. Hoz. yopiq drenajlarning yangi vakuumli, elektr osmotik, qo’sh qavatli turlari ish- lab chiqilgan (ular turli chuqurliklarga yotqiziladigan va texnika vositalari b-n jihozlangan drenajlar majmuidan ibo- rat). Avtomatik vositalardan foydala- nib, boshqariladigan drenaj tarmoqlari barpo qilinmoqda. O’zbekistonda umumiy uz. 30 ming km dan ortiq xo’jaliklararo zovurlar bor; yopiq g.D. tarmog’ining umu- miy uz. 9 ming km dan ko’proq (2000). Ad.: Gorizontalniy drenaj oroshaemix zemel, M., 1979.