Gorizontal teleskop

Gorizontal teleskop — op- tik o’qi gorizontal joylashgan astrono- mik asbob. Quyosh betidagi granulalar, doglar va h. k. fotosuratini olishda ishlatiladi. G. t.da tselostatdan keyin yordamchi ko’zgudan qaytgan quyosh nuri dastasi tasvir yasovchi optik sistemaga boradi. Yordamchi ko’zgudan qaytgan nur teleskop darchasidan o’tib, parabolik shakldagi bosh ko’zguga tushadi. Bu ko’zgu Quyoshning 160 mm li tasvirini teleskop- ning Nyuton fokusida hosil qiladi. Bosh ko’zguning vaziyatini o’zgartirish yo’li b-n undan qaytgan nurni kasse- gren ko’zgusiga tushirib, diametri 900 mm li Quyosh tasvirini olish mumkin. Quyoshning oq nurdagi tasvirini fotosu- ratga olish uchun g. t.ning Nyuton va kas- segren fokusiga kamera o’rnatiladi. G. t. Toshkent astronomiya in-tida ham bor.