Gorkiy avtomobil zavodi

Gorkiy avtomobil zavodi (gaz) — Rossiyaning yuk va engil avtomobillar ishlab chiqaradigan yirik avtomobil sanoati korxonasi. Nijniy Novgorod (sobiq Gorkiy) sh.da joylash- gan. 1932 y.da ishga tushirilgan. Dastlab 1,5 t li gaz-AA (yuk tashuvchi) va gaz-A (engil) avtomobillari, 1936 y.dan 1,5 t li gaz-mm (yuk tashuvchi), M-1 (engil) va b. avtomashinalar ishlab chiqardi. 1941 y.gacha z-dda 18 modeldagi avtomobillar tayyorlandi. Urushdan keyin gaz-51, gaz- 63 (yuk tashuvchi), «Pobeda», gaz-69, 1956 y.dan «Volga-21» 1959 y.dan «Chayka» engil avtomobillari, shuningdek, 1963 y.dan gaz-24 «Volga» engil avtomobil- ni i.ch. o’zlashtirildi. Hoz. vaqtda z-D yuk tashuvchi va engil avtomobillarning takomillashtirilgan yangi modellarini ishlab chiqaradi («Gazel», gaz-29, gaz- 31, gaz-Zpovab.). Korxona mahsulotlari chet el bozorlariga, shu jumladan O’zbekistonga ham chiqariladi. 90-y.lar boshigacha O’zbekiston Respublikasi xalq xo’jaligida foydalanilgan avtomobil- larning katta qismini gaz avtomobil- lari tashkil qilgan. Mac, 1995 y.da re- spublika korxonalarida gaz markali 58 ming yuk, 16 ming engil avtomobillari- dan foydalanilgan, fukarolarga tegish- li 28 mingdan ortiq gaz «Volga» engil avtomobillari bo’lgan.