GORMONAL PREPARATLAR

GORMONAL PREPARATLAR — tarkibida gormonlar yoki ularning sintetik analoglari bo’lib, gormono- terapiya uchun qo’llaniladigan dorilar. Tabiiy G.p. asosan so’yilgan molning ichki sekresiya bezlaridan tayyorlanadi. Gipofizning G.p.i [adrenokor-tikotrop gormon (AKTG). AKTG— rux fosfat, xorion gonadotropini, prolaktin, in- termedii, pituitrin, adiurekrin, OK- sitosin, vazopressin] gipofiz, buyrak usti bezlari, jinsiy bezlardan gormon chiqishi susayganda, kollagenoz, aller- gik kasalliklar va kuzning ba’zi ka- salliklarida buyuriladi. Qalqonsimon bez g.p.i — tireoidin shu bez etarli ishlamaganda, organizmni yog’bosganda, nevrozdaqo’llaniladi. Qalqonsimon bez oldi bezlarining g.p.i — paratireo- idin tetaniya, spazmofiliya, allergik kasalliklarga davo qilishda buyurila- Di. Me’da osti bezining g.p.i — insu- Lin va uning preparatlari, shuningdek, sintetik preparatlar — butamid, xlor- promazin qandli diabetga, lipokain esa jigar kasalliklari, ateroskle- roz va b. kasalliklarga davo bo’ladi. Buyrak usti bezlari po’stloq qavatining G.p.i — kortizon, gidrokortizon, de- zoksikortikosteron, shuningdek, sinte- tik g.p. — prednizolon, deksametazon, sinalar va b. (kortizon b-n gidrokor- tizonning analoglari) revmatizm, in- fektsion poliartrit, bronxiol astma, infektsion mononukleoz, neyrodermit, ekzema va b. teri kasalliklari, Addison kasalligi, buyrak usti bezlari po’stloq qavatida gormonlarning etarli ishlanib chiqmasligi, Ge-molitik anemiya, glome — rulonefrit, o’tkir pankreatit va b. ka- salliklarni davolashda qo’llaniladi. Ayol jinsiy gormonlarining g.p.i 2 xil: estrogen g.p. — follikulin yoki estron, estradioldipropionat, etil- estradiol, sinestrol, dietilstil-bes- trol, dimestrol, oktestrol, sigetin tuxumdonlar faoliyati susayganda yoki butunlay gormon chikarmaganda, tug’ruq dardi va to’lg’oq yaxshi tutmaganda, ayol- ning ko’kragidan sut kelmay qolganda, shuningdek, erkak prostata bezining ra- kiga davo qilishda buyuriladi. Gestagen G.p. — progesteron, oksiprogesteron ka- pronati, pregnin sariq tananing etarli ishlamasligiga aloqador kasalliklarni davolashda buyuriladi. Erkaklar jinsiy gormonlarin ing g.p.i — androgen Pre- paratlar (testosteron propionati, me- tiltestosteron) erkak jinsiy bezlari tuzuk ishlamaganda, erkak va ayollarning klimakteriy davrida, ayollar ko’krak bezi rakini davolashda, tomir va nerv kasal- liklarida, akromegaliyat buyuriladi. Ad.: Mashkovskiy M. D., Lekarstvennie sredstva, 13 izd., t. 2, T., 1998.