Gorovis (Horowitz) Vladimir Samoylovich

Gorovis (Horowitz) Vladimir Samoylovich [1904.18.9(1.10), Ukrainadagi Berdichev sh,— 1989, Nyu-York] — Ame- rikalik pianinochi. 20-a.ning mashhur virtuoz ijrochilaridan. Kiev konserva- toriyasini tamomlagan (1921). 1925 y.dan chet el (1928 y.dan Nyu-York)da yasha- gan. Ijro uslubiga tabiiy jo’shqinlik, mohirona texnika b-n birgalikda ruhiy ko’tarinkilik, jozibali nafislik xos. Repertuaridan F. Shopen, F. List, P. Chaykovskiy, S. Raxmaninov, A. Skryabin, S. Prokofev va b. Kompozitorlarning asarlari o’rin olgan.