Govkaptar

Govkaptar (Solumba palumbus) — kaptarlar turkumiga mansub qush. Evropa, Shim. Afrika va G’arbiy Osi- yoda tarqalgan. O’zbekistonning tog’li hududlarida uchraydi. Qishlash uchun kuz- da Jan.ga uchib ketadi, bahorda qaytib keladi. Tog’o’rmonlarida suvga yaqin er- larda yashaydi. Uyasini daraxt shoxchalari- ga soladi yoki boshqa qushlarning eski uya- sidan foydalanadi. Ikkita tuxum qo’yadi. Tuxumni nari b-n modasi galma-galdan 17-18 kun bosadi. Don, urug’va meva-lar b-n oziqlanadi. Ov qushi sifatida ahamiyati oshib bormoqda.