GOVXONASOY

GOVXONASOY — Qashqadaryo VI- loyati Dehqonobod tumanidagi soy, G’uzordaryoni tashkil etuvchilaridan biri — katta O’radaryoning chap irmo- gi. Boysun tog’ining shim.-g’arbiy yon bag’ridagi buloqlardan boshlanuvchi 20 ta katta-kichik irmoqning qo’shilishidan hosil bo’ladi. Uz. 15 km. Mavsumiy qor, yomg’ir va buloq suvlaridan to’yinadi. G. havzasi past tog’larda joylashgan, yog’in kam yog’adi, shuning uchun kamsuv. Suvi- ning asosiy qismi (80-85%) bahorda oqib o’tadi. G.da jala yomg’irlardan so’ng ba’zan toshqinlar bo’ladi.