G’OYA

G’OYA — inson tafakkurida vujudga keladigan jamiyat va olamlarni maqsal sari yetaklayligan fikr. Unda olamni bilish va amaliy o’zgartirish maqsadlari, ularga erishish yo’llari va vositalari mujassam bo’lali. Fatsafa tarixida G’oya turli ma’nolarda qo’llangan. Demokrit atomlarni. Pktyun moddiy bo’lmagan, konkret karsa va hodisalardan tashqarida bo’lgan ideat mohiyatni G’oya deb hisoblagan. Forobiy «Fozil jamiyat», Navoiy «adolatli jamiyat» G’oyalarini ilgari surganlar. 17 -18-asrlarda G’oya tushunchasi bilish pazariyasi bilan bog’lab izohlangan. Shu asosda G’oyalarning kelib chiqishi, bilishning gurli darajalari. shakllari bilan atoqasi umuman bilish jarayonida tutgan o’rni masalalari tahlil qilingan. Yangi davrda Kant G’oyalarni AQT tushunchalari sifashda asoslashga harakat qilgan. Fixte fikricha, G’oya «men» ning maqsadidan iborat. Gegel falsafasida G’oya taraqqiyot jarayonini o’zila to’la gavdalantiradigan mohiyat sifatida talqin etilgan. Tajriba natijalari G’oyada umumlashadi va shu ma’nola bilim shakliga aylanadi. G’oya narsa va hodisalarning faqat mavjud xususiyatlarini emas, balki ularning rivojlanish tendentsiyalarini, kelajak holatlarini ham ifoda etali. Bu nuqtai nazardan qaraganda, G’oya amaliyotga joriy qilsa bo’ladigan bilimdan iborat. Demak. G’oya bilish va amaliy faoliyat o’rtasida faol bog’lovchi hisoblanadi va u barcha yangi narsalarni yaratishning asosidir. Fanda esa G’oya mavjud bilimlarni sintez qilish, umumlashtirish va qat’iy tartibga solish vositasi bo’lib xizmat qiladi. Bu, avvalo, har qanday taxminlar, tamoyillar va tasavvurlarni birlashtirib, yaxlit tizim holiga keltiradi va kashf etilayotgan qonunlar, ilmiy nazariyalarning o’zagini tashkil etadi. G’oya falsafiy tafakkur doirasida xilma-xil ma’nolarda talqin etilgan tushunchalardan biridir. Bugungi kunda falsafiy tafakkur erishgan natijalarga tayanib, G’oyaning mohiyati, gnoseologik maqomi to’g’risida muayyan umumiy xulosalarga kelingan. Ilmiy fakt, muammo, faraz, nazariya kabi voqelikni aks ettirish, ilmiy bilishning o’ziga xos shakli, yangi bilim va paradigma (sistema) sifatida chiqadigan G’oyada voqelik bundan keyin qay yo’nalishda o’rganilishi zarurligi haqidagi ko’rsatma, maqsad botiniy tarzda mujassamlashgan bo’ladi va shu tufayli u ulkan yo’naltiruvchilik rolini o’taydi. Ilmiy G’oyaga xos bo’lgan xususiyatlar qarab chiqilganda G’oyaning tarixiy taraqqiyotdagi o’rni yanada oydinlashadi. Har qanday G’oya kabi ilmiy G’oya ham ulkan yo’naltiruvchilik rolini o’taydi. Masalan, atomlarning mavjudligi haqidagi G’oya asrlar davomida ilmiy izlanishlarni uni topish, xususiyatlarini tadqiq etish, dunyoning tuzilishidagi o’rnini aniqlashga yo’naltirib keldi. Natijada atom kashf qilindi. Bu kashfiyot olamning tuzilishi to’g’risidagi tasavvurlarning butunlay o’zgarishiga olib keldi. Ammo ilm-fan taraqqiyotida salbiy iz qoldirgan g’ayriilmiy G’oyalar ham bo’lgan. Masalan, o’z davrida kibernetika va genetikaning «soxta fan»ligini asoslashga qaratilgan G’oyaning ustuvor bo’lgani bu fanlar rivojini bir necha yilga orqaga surib yubordi. Ilmiy G’oyalar taraqqiyot omiliga aylanishi uchun ma’lum shart-sharoit bo’lishi kerak, ya’ni jamiyatning umumiy bilim darajasi yuzaga kelgan yangi bilimni qabul qilishga tayyor bo’lishi hamda uni tekshirib ko’rish, tasdiqlash yoki inkor etish imkoniyati — qurollar, vositalar. moliyaviy resurslarga ega bo’lishi lozim. Aks holda u ma’lum madaniy-ma’rifiy hodisa sifatida qolib ketadi. G’oyaning voqelikka mos kelishi muhimdir. Ijtimoiy G’oya ilmiy G’oyadan farq qilib, odamlarni uyushtiruvchilik xususiyatiga ham ega, shu bilan birga u jamiyat hayotiga bevosita ta’sir o’tkaza oladi. Bunda G’oya ijobiy yoki salbiy rol o’ynashi mumkin. O’zbekistonda mustaqillik davrida milliy istiqlol G’oyasi kontsepsiyasi ishlab chiqildi. G’oya niyat, reja ma’nolarini ham anglatadi. Qiyom Nazarov.