GO’YANDA

GO’YANDA — 1) ta’ziya marosimida aza qo’shig’ini aytib, marhumga bo’lgan izzat-hurmatini, uning yaxshi xislatlarini yig’i, yo’klov, aytish bilan izhor etuvchi ayol; 2) qadimda to’y, sayil-tomosha va shodiyonalarda hikoya, qissa aytguvchi kishi. Go’yandalar yakka-yakka yoki teatrlashgan ansambl tarzida ijro etishgan. Ansambl tarzidagi Go’yandalar tarkibi saroyanda (ashulachi) va Navozanda (cholg’uchi)lardan iborat bo’lib, Go’yanda hikoyasini kuy va qo’shiq bilan rivojlantirishga xizmat qilgan. Bu toifadagi Go’yandalar faqat erkaklardan iborat bo’lgan.